Qanday hollarda bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi?

15:43 24 Noyabr 2022 Jamiyat
258 0

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom (VMQ-489-son) 59-1 band bilan toʻldirildi.

Soliq solish obyekti sifatida quyidagi xarajat va boshqa daromadlarga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:

— aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;

— aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;

— aksiz tovarlarni realizatsiya qilish narxi va tannarxi oʻrtasidagi ijobiy farq;

— Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning buzilishi, yoʻqotilishi, yaroqsizligi, kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;

— uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha daromadlar;

— REPO operatsiyalari boʻyicha daromadlar;

— qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha olingan daromadlar;

— asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar;

— tekinga olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);

— inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromadlar;

— qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;

— talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar;

— ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromadlar;

— shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash summalari;

— valyuta hisobvaraqlari boʻyicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi;

— aksiyador (mulkdor, ishtirokchi, muassis) yuridik shaxs foydasiga oʻz ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechish natijasida ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromadlar yoki yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) hissalar hisobiga koʻpaytirilganda;

 — Soliq kodeksining VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;

— dividendlar tarzida olingan daromadlar;

— foizlar tarzida olingan daromadlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?