Qandahordagi masjidda amalga oshirilgan portlash qurbonlari soni va xunrezlik tashkilotchisi maʼlum boʻldi 

17:06 16 Oktyabr 2021 Dunyo
926 0

Foto: AP

Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi masjidda amalga oshirilgan portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 63 kishiga yetgan.

Xunrezlikni ISHID terrorchilari tashkiloti oʻz zimmasiga oldi. Maʼlum qilinishicha, xudkushlar Anas Xurosoniy va Abu Ali Baluchiylar masjidning turli joylarida boʻlgan. 

«Bir terrorchi masjid yoʻlakchasida, ikkinchi xudkush esa portlovchi qurilmani bino markazida harakatga keltirgan», deyiladi ISHID bayonotida.

Oldinroq, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda koʻplab insonlarning halok boʻlishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot bergan edi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?