“Qamchiqavtoyoʻl” korxonasiga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Иллюстратив фото
“Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida 2023-yil 21-kuni oʻtkazilgan 983,5 mln soʻmlik davlat xaridida sohaga oid qonunchilik talablariga amal qilinmaganligi va boshqa qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan tadbirkorlardan 2 nafarining barcha hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan foydalanilgan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.
Natijada Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan.
Mazkur holatlar boʻyicha 2023-yil 21-iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.
Holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga soʻrovnoma kiritildi.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 22-iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring