Qamchiq dovonida yuk mashinasi yoʻl chetiga agʻdarilib ketdi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Qamchiq dovonida yuk mashinasi kyuvetga agʻdarilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 17-yanvar kuni soat 16:55 da “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtuvchi 195-kilometrida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi kyuvetga agʻdarilib ketgan.
Voqea joyiga 2-mexanizatsiyalashgan nazorat-tergov guruhining 4 nafar qutqaruvchisi va “Chinor” posti xodimlari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.
Haydovchi va bir yoʻlovchi salonda boʻlgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring