“Qamchiq” dovonida “MAN” rusumli yuk avtomashinasi YTHga uchradi

00:08 10 Oktyabr 2021 Jamiyat
351 0

Kecha soat 8:20 larda “Qamchiq” dovonining 234 km.da “Vodiy — Toshkent” yoʻnalishida 20 tonna uzum bilan harakatlangan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va yoʻlning harakat qismiga halaqit beradigan darajada toʻxtagan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” MQYOQB qutqaruvchilari, YPX va “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK xodimlari yetib kelishgan.

Qutqaruvchilar maxsus texnikalar yordamida soat 13:30da hodisani toʻliq bartaraf etib, yoʻl-patrul xizmati xodimlari harakat xavfsizligini taʼminladilar. Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?