“Qamchiq” dovonida 13 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Joriy yilning 13-dekabr kuni soat 19:00 dan 14-dekabr kuni soat 9:00 ga qadar A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 258, 259 va 265 km hududlarida jami 3 ta holatda 13 ta turli rusumdagi avtotransport vositalarining muzlama yoʻllarda boshqaruvni yoʻqotishi yoʻl-transport hodisalariga sabab boʻlgan.
Voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etdi.
Yuzaga kelgan vaziyatlar oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring