“Qamchiq” dovoni qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli vaqtincha yopildi

Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilindi. Shu sababli bugun, 12-mart kuni soat 9:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng koʻlamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
“Qamchiq” dovonini qayta ochilishi boʻyicha FVV Matbuot xizmati qoʻshimcha maʼlumot taqdim etadi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga 10 - avgustdan qabul jarayonlari boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring