Qalin tuman O‘zbekistondagi bir nechta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

14:14 08 Dekabr 2023 Jamiyat
158 0

Qalin tuman tufayli ko‘rishning yomonlashishi Farg‘ona, Namangan va Samarqand aeroportlarida reyslarning qo‘nishi va jo‘nab ketishini cheklab qo‘ydi.

Irkutsk – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha SBI-6323 reysini amalga oshirayotgan S7 Airlines samolyoti belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi 50 m) tufayli mahalliy vaqt bilan soat 23:27 da Namangan aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Aviakompaniya qaroriga ko‘ra, 177 nafar yo‘lovchi Farg‘onaga yer usti transporti orqali yetkaziladi.

Biroq soat 00:10 dan boshlab Namangan aeroportini ham quyuq tuman qoplagan – koʻrish masofasi 600 m. gacha pasaygan. Samolyotlarni qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Samarqand xalqaro aeroportida ham qalin tuman – ko‘rish masofasi 50 m. bo'lgani uchun samolyotlarni qabul qilish vaqtincha cheklangan.

Agar noqulay ob-havo sharoiti saqlanib qolsa, reyslar respublikaning boshqa yaqin aeroportlariga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?