Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qoʻydi

13:14 26 Dekabr 2022 Jamiyat
282 0

Qalin tuman tufayli koʻrish chegarasining pasayishi (125 m) Namangan xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi.

Xususan, Namangandagi noqulay sharoit tufayli Moskva — Namangan yoʻnalishi boʻyicha Red Wings aviakompaniyasining WZ4483 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9806/9829 reysi esa (Samara — Namangan — Yekaterinburg) Fargʻona xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

Namangan aeroportining xabar berishicha, yaqin soatlarda ob-havo sharoiti yaxshilanishi kutilmoqda.

Yoʻlovchilar parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?