Qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki sotmoqchi boʻlgan fuqarolar qoʻlga tushdi

14:08 06 Mart 2025 Jamiyat
181 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi va Bojxona qoʻmitasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.P. yashash xonadoniga hujjatlari boʻlmagan 7 turdagi umumiy bahosi 101,2 million soʻmlik 2 ming 600 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish uchun olib kelgani aniqlangan hamda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Qoʻngʻirot, Muzrabot va Sherobod tumani boʻlimlari, IIV va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolar A.X., X.A va “T.O.” xususiy korxonasining savdo doʻkonlarida 1 ming 70 dona qalbaki aksiz markali alkogol va hujjatlari boʻlmagan 1 ming 622 dona tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushbu qonunbuzilish holatining oldi olingan hamda tamaki va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?