Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati qanday?

16:07 13 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
274 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining “Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)ni joriy etish holati toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga energetika vaziri A. Sultonovning javobini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, respublikada mavsumiy gidroenergetika resurslari miqdori oʻzgarishi sabab, QTEM ulushi yillar boʻyicha farq qiladi. 2019-yilda gidroelektr stansiyalardan ishlab chiqarilgan QTEM miqdori umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarilishining 10 foizini tashkil etdi. Ayni vaqtda respublikamizda QTEMdan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ulushini 2030-yilga qadar 25 foizdan oshirish rejalashtirilgan.

Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyaga binoan, 5 GVt quyosh fotoelektr va 3 GVt shamol elektr stansiyalari qurilishini amalga oshirish orqali sanoat koʻlamidagi QTEM elektr stansiyalari miqdorini oshirish maqsad qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?