Qaysi hududda qurilish korxonalari soni koʻp?

11:32 17 Avgust 2021 Jamiyat
194 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda jami 44 106 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 981 taga koʻp.

2021-yil yanvar-iyul oylarida 4 080 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

  • Toshkent shahri – 8 721 ta
  • Toshkent viloyati – 3 833 ta
  • Fargʻona viloyati – 3 507 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 3 459 ta
  • Andijon viloyati – 3 321 ta
  • Samarqand viloyati – 3 317 ta
  • Buxoro viloyati – 2 878 ta
  • Surxondaryo viloyati – 2 763 ta
  • Namangan viloyati – 2 479 ta
  • Qoraqalpogʻiston R. – 2 456 ta
  • Jizzax viloyati – 2 132 ta
  • Xorazm viloyati – 2 025 ta
  • Navoiy viloyati – 1 635 ta
  • Sirdaryo viloyati – 1 580 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?