Qadring baland boʻlsin oʻzbek tilim

16:00 20 Oktyabr 2021 Jamiyat
220 0

Foto: “Xalq soʻzi”

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida 21-oktyabr – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin oʻzbek tilim” mavzuida badiiy-adabiy kecha oʻtkazildi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining davlat tili boʻyicha maslahatchisi Odina Jamoldinova, maʼnaviy-axloqiy ishlar boshqarmasi boshligʻi Dildora Solixoʻjayeva, filologiya fanlari nomzodi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi oʻzbek tilida ish yuritish asoslarini oʻrganish va malakasini oshirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Oʻrinboy Boboyorov hamda Filialning oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Bayramning kirish qismida qadimgi tillardan boʻlmish – oʻzbek tilini tarannum etuvchi hayotiy kuch ekanligi, yangi Oʻzbekiston poydevorni yaratuvchi, yangi Uygʻonish davrini shakllantirishga zamin boʻluvchi “Bu kimning tili?” nomli videolavha namoyish etildi.

Tadbirda O. Jamoldinova ajdodlar tomonidan koʻp asrlar davomida asrab-avaylab kelingan ona tilini rivojlantirish eʼtibor qaratilayotgani taʼkidladi. Uning qayd etishicha, davlat tilining maqomi, unga boʻlgan hurmat – xalqimizga, jamiyatning mavqeiga boʻlgan ehtiromdir.

Oʻ. Boboyorov mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarga mansub vakillarning madaniyati, tili va anʼanalarini rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlar yaratilganligi toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shu maqsadda respublikamizning turli viloyatlarda 140dan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat olib borayotgani, taʼlim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan oʻzbek tili qatorida, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman tillarda faoliyat olib borilayotgani qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, hozirgi kunda 65ta xorijiy oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganilishi, shu sohada xorijiy olimlar ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Bayram tadbirida Filialning talabalari ham ishtirok etdi. Ularning ijrosida buyuk Alisher Navoiyning gʻazallari hamda Oʻzbekistonning taniqli shoirlarning sheʼrlari oʻqib eshittirildi. “Qadring baland boʻlsin oʻzbek tilim” nomli videolavhalar tanlovida gʻolib deb topilgan talabalar ijodiy guruhiga faxriy yorliqlar topshirildi.

Rozibi Xodjayeva rahbarligidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining “Nozanin” dutorchi qizlar ansambli hamda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi raqqosalari chiqishlari bayramning jozibadorligini yanada boyitdi. Ular ijrosida milliy uslubdagi kuy va raqslar kompozitsiyalari namoyish etildi.

Bayram tadbiri oʻzbek tiliga boʻlgan muhabbat va sadoqat, uning shon-sharafi va mavqeini dunyoga tarannum etish ruhida oʻtdi.

Azizaxon Usmanova, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?