Putin va Szinpin Rossiya va Xitoyning yangi yadroviy loyihasiga start beradi

16:49 18 May 2021 Dunyo
728 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin yangi yadro inshooti qurilishini boshlash marosimida qatnashadilar. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ular ishtirokidagi tadbir 19-may, chorshanba kuni onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Chuninning soʻzlariga koʻra, ikki mamlakat rahbarlari atom energetikasi sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida amalga oshiriladigan Xitoy — Rossiya obyekti qurilishini boshlash marosimida qatnashadilar.

Tashqi siyosat boʻlimi vakili qaysi obyekt haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq, Xitoy va Rossiya yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani uzaytirishga kelishib olgani maʼlum boʻlgan edi.

Bungacha Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Moskva va Pekin oʻrtasidagi hamkorlik eng yuqori darajaga koʻtarilganini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?