Putin “Tolibon”ni tan olishga shoshilmaslikka chaqirmoqda

21:28 15 Oktyabr 2021 Dunyo
2007 0

“Tolibon”ni rasman tan olishga shoshilishning hojati yoʻq, deydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.

“Biz ular bilan muloqot qilishimiz kerak, lekin shoshmaslik zarur. Biz birgalikda muhokama qilib, sizlar bilan maslahatlashamiz”, - dedi Putin MDH davlatlari rahbarlari kengashidagi nutqida.

Putin, shuningdek, afgʻonlararo yarashuv jarayonini qoʻllab-quvvatlash va bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirishga intilish zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, kengaytirilgan “uchlik” (Rossiya, AQSH, Xitoy-Pokiston) ishini, shuningdek, mintaqaning asosiy davlatlari ishtirok etadigan Moskva formatini qayta tiklashga koʻmaklashish mumkin.

Rossiya prezidenti bu mexanizmlar doirasida uchrashuvlarni oktyabr oyida Moskvada imkon qadar tezroq oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?