Putin safarbarlikni shov-shuv qilmaslikni talab qildi

00:09 30 Sentyabr 2022 Dunyo
1965 0

Foto: РИА «Новости»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi qisman safarbarlik vaqtida harbiy kadrlar tanlashda kamchiliklar xususida toʻxtalib, bu jarayonda shov-shuv koʻtarmaslikni talab qildi

Prezidentning aytishicha, hozir qisman safarbarlik mezonlari shakllantirilgan va rasman kechiktirishga ega fuqarolarni frontga joʻnatish mumkin emas. Bu toifaga, masalan, koʻp bolali otalar yoki surunkali kasalliklarga chalinganlar kiritilgan. Bundan tashqari, u sababsiz chaqirilganlarni uylariga qaytarishga chaqirdi.

“...Harbiy komissarliklarga chaqiruvsiz kelgan koʻngillilar ortga qaytarilmoqda. Aytishlaricha, ularda harbiy roʻyxatga olish boʻyicha zaruriy mutaxassisliklar yoʻq. Va hokazo, boshqa sabablar... Bularning barchasini shov-shuvsiz, xotirjam, lekin tezda, batafsil, puxta hal qilish kerak», deydi Putin.

Shu yilning 21-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik boshlanganini eʼlon qildi. Unga koʻra, harbiy xizmatga chaqirilganlar boʻlinmalarga joʻnatilishdan oldin, albatta, qoʻshimcha harbiy tayyorgarlikdan oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?