Putin Rossiya Qurolli kuchlari fuqarolik xodimlarining oʻlimi uchun toʻlovni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi

21:27 11 Mart 2024 Dunyo
269 0

Arxiv foto

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qurolli Kuchlarning fuqarolik xodimlarining oʻlimi uchun besh million rubl miqdorida toʻlovni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashri saytida joylashtirildi.

Farmonga koʻra, ichki ishlar organlari, jazoni ijro etish tizimi muassasalari va organlari, ijro etuvchi organlar, federal kuryerlik aloqasi organlari, bojxona organlari va federal bojxona xizmati tashkilotlari kabi Qurolli Kuchlarning fuqarolik xodimlarining oʻlimi uchun tovon puli toʻlanadi.

Shu bilan birga, hujjat nafaqat yangi viloyatlar va Ukraina hududida “maxsus harbiy amaliyot” vazifalarini amalga oshirishni taʼminlagan ishchilarga, balki maxsus operatsiya oʻtkaziladigan hududlarga tutash Rossiyaning taʼsis subyektlari hududlarida ishlaganlarga ham tegishli.

Bundan tashqari, farmon 2015-yil 30-sentyabrdan buyon Suriyada maxsus topshiriqlarni bajargan xodimlarga ham tegishli.

Shuningdek, toʻlov maxsus operatsiya topshiriqlarini bajarishni taʼminlash paytida yoki Suriya Respublikasida olgan jarohati (jarohat, travma, kontuziya) yoki kasallik tufayli xizmatdan boʻshatilgan kundan boshlab bir yil ichida xodim vafot etganida toʻlanadi.

Toʻlov teng ulushlarda, xususan, marhumning turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, voyaga etmagan bolalari va qaramogʻida boʻlgan shaxslarga toʻlanadi.

Farmonda jarohatlangan xodimlarga kompensatsiya toʻlanishi ham kafolatlangan.

“Ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash chogʻida shikastlangan xodimlarga uch million rubl miqdorida bir martalik toʻlov toʻlanishi belgilansin”, deyiladi hujjatda.

Hukumatga farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni taʼminlash topshirildi. Hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер