“Pul ishlaymiz, deb koʻpchilikni xafa qilib rosa “zoʻr” boʻlyapmiz. Hech boʻlmasa shularni xafa qilmaylik endi”

Ish va boshqa masalalar yuzasidan shu yilning mart oyiga qadar xorij avtomobillarida Oʻzbekistonga kelgan haydovchilar karantin cheklovlari sababli Oʻzbekistondan chiqib keta olishmayapti.
Kamiga mutaxassislarimizning oʻz vaqtida hujjatlarni puxta ishlab chiqib, Komissiya qaror qabul qilishi uchun choralar koʻrmaganliklari sababli bunday haydovchilar adolatsiz ravishda qoʻshimcha toʻlov qilishga majbur qilinmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, bojxona tartibi boʻyicha Oʻzbekiston hududida 3 oy muddatdan koʻp qolib ketgan xorij avtomobillari uchun dvigatel hajmiga qarab taxminan 15-20 AQSH dollari atrofida toʻlov belgilangan. Karantin sababli Maxsus komissiya qarorida xorij avtomobillariga shu yilning 1-noyabr sanasigacha muddat berilib, Oʻzbekistondan chiqib ketishi koʻrsatilgan edi, biroq bu muddat choʻzilmadi. Avtomobil haydovchisi oʻsha davlat fuqarosi boʻlmasa chiqib ketish uchun ruxsat yoʻq.
Bu holatda har bir xorij avtomobiliga oyiga oʻrtacha 500 AQSH dollari atrofida qoʻshimcha toʻlov qilishi kerak boʻlarkan.
Bilamiz, bizda xorij avtomobillariga qoʻyilgan adolatsiz yuqori boj stavkalari sababli sifatli «inomarka» minmoqchi boʻlgan ayrimlar xorijdagi yaqinlari nomiga ham avtomobillar olishga majbur boʻlishadi.
Demak, Maxsus komissiya chegaralar ochilguncha bunday avtomobillarning Oʻzbekistonda boʻlish muddatini uzaytirishi yoki chiqib ketish uchun maxsus koridor yaratib berishi kerak boʻladi.
Mutaxassis va masʼullardan vaziyatni xolis baholab, hal etish choralarini koʻrishlarini soʻraymiz! Pul ishlaymiz, deb koʻpchilikni xafa qilib rosa “zoʻr” boʻlyapmiz. Hech boʻlmasa shularni xafa qilmaylik endi.
Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring