Prokuratura Toshkentda oʻnta qaragʻay kesilgani boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi

14:27 13 Yanvar 2022 Jamiyat
249 0

2021-yil 14-dekabr kuni Yunusobod tumanida oʻnta qaragʻay kesilgani boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu jinoyat oqibatida tabiatga 83 million soʻm miqdorida zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan 198-moddaning 3-qismi (ekinlar, oʻrmonlar, daraxtlar yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlash yoki yoʻq qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bunday huquqbuzarlik BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?