“Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilyapti

13:22 18 May 2021 Siyosat
324 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining davom etayotgan majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.

Taʼkidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarida sodir etilgan, sodir etilayotgan yohud tayyorlanayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berganlarning shaxsiga oid maʼlumotlar sir saqlanishini kafolatlovchi normalar mavjud emasligi amaliyotda ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shundan kelib chiqib sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida qonun loyihasida ushbu masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

“Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasidagi normalar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, oʻzining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanmoqda.

Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilyapti.

Mazkur qonun loyihasidagi normalar jamiyatda korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga chek qoʻyish hamda unga qarshi kurashish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyhasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?