Prokuratura Olmaliqda oʻz joniga qasd qilgan qiz boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi

21:38 04 Iyun 2024 Jamiyat
1038 0

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Olmaliqda yosh qiz 16-qavatdan oʻzini tashlab, halok boʻlgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi”ga holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Unga koʻra, voqea joyi koʻzdan kechirilganda ushbu uyning tom qismiga chiqish temir eshigining qulfi buzilgan holatda ekanligi aniqlangan.

“Murdadan olingan barmoq izlari viloyat IIBB mavjud elektron tizim bilan solishtirilganda, barmoq izlari Olmaliq shahrida yashovchi, 2005-yilda tugʻilgan T.G.ga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi” deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. G.T.ning oʻz joniga qasd qilish sabablarini aniqlash maqsadida Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?