Profilaktika inspektorlarining hammasi ham kommunal qoidalarni yaxshi biladigan energetiklar emas — Kusherbayev

13:27 07 Aprel 2021 Jamiyat
468 0

Profilaktika inspektorlari elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash vakolatiga ega boʻlishi mumkin. 

Bu «Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida»gi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasida koʻzda tutilmoqda. 

Amalda bu turdagi qoidabuzarliklar bilan Majburiy ijro byurosi organlari shugʻullanib kelishgan. 

Qonun loyihasini koʻrib chiqishda deputatlar ushbu vazifalarning profilaktika inspektorlariga oʻtkazilishi ulardagi ish koʻlamining oshishi bilan birga korrupsion holatlar koʻpayishiga ham sabab boʻlishidan xavotirda ekanliklarini bildirib oʻtishdi. 

Shaxsan men ham shunday fikrdaman: bu profilaktika inspektorlari oʻrtasida oʻz ishini vaqtida bajarishga ulgurmaslik va korrupsiya holatlari ortishiga olib kelishi mumkin. Kamiga inspektorlarning hammasi ham kommunal qoidalarni yaxshi biladigan energetiklar emas.

Loyiha hozircha birinchi oʻqishda qabul qilindi.

R.Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?