Profilaktika inspektorlari surishtiruv olib boradi

09:27 08 Aprel 2021 Jamiyat
166 0

Joriy yilning 7-aprel kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda muhokama etildi.

Unda bir qator masalaga aloqador vazirlik va idoralarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etishdi.

Qonun loyihasi Prezidentimizning 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Shunga muvofiq, Jinoyat-protsessual kodeksining 391, 3812-moddalariga elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha tergov va surishtiruv vazifalarini Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Shu bilan birga, elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish holatlari asosan joylardagi aholi tomonidan sodir etilishini inobatga olib, ularning oldini olish va surishtiruv oʻtkazish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2453, 248-moddalariga surishtiruvga tegishlilik hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlariga taalluqliligi belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?