Professional taʼlim muassasalari oʻtgan ikki oyda qoʻshimcha 100 mingdan ortiq yangi oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlandi

Foto: Illustrativ foto
Professional taʼlim tizimida professor-oʻqituvchilar, olimlar va soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangi oʻquv adabiyotlarni nashr etish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022/2023 oʻquv yilining oʻtgan ikki oyi davomida qoʻshimcha 40 nomdagi 108 ming 423 nusxada yangi oʻquv adabiyotlar professional taʼlim muassasalariga yetkazildi. Natijada jami hozirda 105 nomda 249 858 nusxadagi yangi oʻquv adabiyotlardan taʼlim jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar yana 38 nomdagi 29 874 nusxada oʻquv adabiyotlarni chop etish ishlari yakunlanib, professional taʼlim muassasalariga yetkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi uchun Germaniyada tayyorlangan oʻzbek tilida 1 300 dona “Fermer boshlangʻich bosqich” hamda 300 dona “Fermer ixtisoslik bosqichi” nomli amaliy oʻquv qoʻllanmalari tegishli taʼlim muassasalariga yetkazib berildi.
Texnologik yangilanishlarni hisobga olgan holda 381 nomda maxsus fanlar boʻyicha oʻqitish materiallari toʻplami edu.profedu.uz elektron platformasiga joylashtirildi.
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan texnikumlarga 9 192 nomda 122 ming nusxadagi oʻquv-metodik materiallari hamda 103 ming nomda elektron resurslarini taʼlim jarayonida foydalanish uchun topshirdi.
Professional taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari va homiylik mablagʻlari hisobidan 10 736 nomda 47 965 dona badiiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy hamda 5 367 nomda 58 904 dona soha yoʻnalishlari boʻyicha adabiyotlar sotib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring