Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov mehnat muhojirlaridan soliq undirishni taklif qildi

17:32 14 Oktyabr 2021 Siyosat
640 0

Arxiv surat

“Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov migrantlardan soliq undirishni taklif qildi

U bu haqda Andijon shahrida saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida aytib oʻtdi.

«Mamlakat taraqqiyoti uchun soliqlarning oʻrni juda ham muhim. Nima uchun bizda bugun migrantlar xorijga chiqib, topgan daromadidan soliq toʻlamasligi kerak? Oʻzbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq toʻlaylik. Biz faqatgina hozir migrantlarning ishlayotgan joyidan oilasiga joʻnatgan pulini hisob-kitob qilsak, shuncha pul aylanganini koʻramiz. Bu ham yaxshi, albatta. Pul kelyapti.

Lekin bu sizning oilangizga joʻnatilgan pul, undan soliq toʻlanayotgani yoʻq. U pul mamlakat taraqqiyoti uchun ishlatilmayapti. Shu sababli men taklif qilgan boʻlardim: kelinglar, yanada vatanparvarroq boʻlaylik, migrantlar ham oʻz soligʻini mamlakat taraqqiyoti uchun toʻlasin», — dedi uchrashuvda Alisher Qodirov.

Aytib oʻtish kerakki, prezidentlikka nomzod A.Qodirovning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidga uchradi.

Bundan oldin Alisher Qodirov prezidentlikka nomzodlardan faqat Shavkat Mirziyoyevni oʻziga raqib sifatida koʻrishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?