Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Erdogʻanning gʻalaba qozonish imkoniyatlari baholandi

17:19 23 May 2023 Dunyo
560 0

Foto: AP

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan mamlakatda boʻlib oʻtayotgan prezidentlik saylovlarida favorit va unda gʻalaba qozonish ehtimoli yuqori. Ushbu fikrlarni Xalqaro gumanitar va siyosiy tadqiqotlar instituti eksperti, siyosatshunos Vladimir Bruter aytib oʻtdi.

“Turkiyadagi prezidentlik saylovlari natijalari eʼlon qilinishidan oldin qolgan vaqtni hisobga olsak, Erdogʻan gʻalaba qozonadi. Ehtimol, u saylovning birinchi bosqichida gʻalaba qozonaman deb oʻylagandir, ammo bu sodir boʻlmadi”, deydi siyosatshunos.

Shunga qaramay, Bruter ovoz berish natijalari eʼlon qilinishidan oldin Erdogʻan uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan toʻsiqlarni istisno qilmadi.

“Saylovlarda muammolar har doim paydo boʻlishi mumkin, lekin menimcha, u ovoz berishda ustunlikka ega va mamlakat qanchalik katta boʻlsa, ovozlardagi kichik ustunlik shunchalik koʻp narsani anglatadi”, deydi ekspert.

Oldinroq, Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan 28-may kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdogʻanni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilmoqchi ekanligini maʼlum qilgani edi.

Shu yilning 14-may kuni Turkiyada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichida Erdogʻan 49,5 foiz ovoz bilan Kamol Qilichdarogʻluni (44,89 foiz) ortda qoldirgan edi. Ogan esa 4,32 foiz ovoz toʻplagan.

Ammo nomzodlardan birortasi 50 foizdan koʻp ovoz olmagani uchun saylovning ikkinchi bosqichini oʻtkazishga qaror qilindi. Siyosiy tadbir shu yilning 28-may kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер