Prezidentlar Qayroqqumdagi gilam fabrikasini borib koʻrdi

16:29 11 Iyun 2021 Siyosat
532 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida “Qayroqqum gilamlari” korxonasini borib koʻrdi.

Bu fabrika 1957-yilda ishga tushirilgan. 2019-yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar oʻrnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qayroqqum gilamlari Sharq anʼanalarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Prezident korxona mahsulotlarini koʻzdan kechirdi.

Navbatdagi obyekt tomon yoʻl olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida toʻxtadi. Prezidentlar suv omborini koʻzdan kechirib, suhbatlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?