Prezidentimizning BMT minbarida soʻzlagan nutqini tinglab...

Avvalo Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT bosh assambleyasidagi nutqini vujudim bilan eshitdim. Chunki men muhtaram Prezidentimiz bu nufuzli minbarda 2017-yildagidek jasorat bilan soʻzlashiga ishonardim.
Ochigʻi, voqea, jarayon men kutganimdan ham ziyoda boʻldi. Nutqni eshitib boʻlgach, yuragim toʻlqinlanib ketdi, oʻz-oʻzidan nido berdi.
Mening ona tilimda tabarruk minbarda salohiyat bilan gapirgan Prezidentimdan gʻururlandim. Dunyo ahliga saboq boʻlgan nutqqa eʼtibordan faxrlandim. Chunki mening bilishimcha, dunyodagi sanoqli davlatlar rahbarlarigina BMT minbarida bu qadar keng qamrovli, hayotiy gʻoyali nutq soʻzlagan xolos.
Aytingchi, qachon bizda bunday keng qamrovli islohotlar amalga oshirilgan yoki shunga harakat qilingan? Qani aytingchi, keyingi uch yil ichida birorta oy yoki hafta bormikin, unda ishbilarmon manfaati yoʻlida qonun, qaror yoki farmon chiqmagan boʻlsa?
Aytingchi, bir-ikki yil ichida bolalar bogʻchasiga qatnaydigan kichkintoylar salmogʻini 19 foizdan 50 foizga olib chiqish oson ishmi?
Yaqin-yaqingacha maktab bitiruvchilarining bor-yoʻgʻi 9 foizi oliy maktabga kirardi. Axir bugun bu koʻrsatkich 25 foizga yetdi! Aytingchi, gʻururlanmay boʻladimi bu yutuq bilan?!
Davlatimiz rahbari bizni Yangi Oʻzbekiston barpo etishga ishontirdi Oʻzini ayamayapti, hammaga ibrat koʻrsatyapti. Har bir soha, har bir odam doimo eʼtiborida. Men Yangi Oʻzbekiston qurilishida ishtirok etayotganim, salohiyatli karvonni uchinchi renessans sari dadil boshlayotgan Prezidentimga safdosh ekanimdan faxrlandim.
Bir men emas, butun dunyo, manman degan davlatlar Oʻzbekiston Prezidenti nutqidagi gʻoyalarni eʼtirof etyapti, Oʻzbekiston dunyoga yangicha qiyofa taqdim etayotganini tan olyapti.
Kim nima desa, deyaversin, har kim gapirish huquqiga ega, ammo mening qalbimning nidosi shu!
Ogʻziga kuchi yetmaganlar atrofga bir qarab fikr qilsin. Kecha qanday ahvolda edigu, bugun qandaymiz? Demokratiya yoʻq, deb dod solayotganlar, aytsin qani, siyosatni tanqid qilganlar sal oldinroq Jasliq turmasida qamalmasmidi? Bugun bu qamoqxona tag-tomiri bilan yoʻqoldi! Ularga hozir koʻnglidagi gapini aytishga ham shu davlat huquq bermadimi?
Aziz yurtdoshlarim, davlatimiz rahbari dunyo hamjamiyatini hamjihatlikka chorlab gapirdi. Shunday ekan, biz birdamlikda barchaga ibrat boʻlaylik. Prezidentimiz atrofida birlashib ishlaylik, Vatanimizni sevishni, ardoqlashni oʻrganaylik. Oʻshanda biz yana-da kuchli, aqlli, qudratli millatga aylanamiz. Bunga shubha yoʻq.
Erkinjon Turdimov,
Samarqand viloyati hokimi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring