Prezidentga boʻysunuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlarni tayyorlashga yetakchi xalqaro tashkilotlar mutaxassislari jalb etilgan.
Ishonchli manbalarimizga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor boʻladi.
Agenlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori boʻlgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi.
Byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring