Prezidentdan tortib barcha idoralar rahbarlarigacha mol-mulklari deklaratsiya qilinadi — Akmal Burhonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov davlat byudjetidan oylik oladigan barchaning mol-mulklari deklaratsiya qilinishi haqida aytib oʻtdi.
"Maqsadimiz — ertami-kechmi, davlat byudjetidan oylik oladigan barcha davlat xizmatchilarining mol-mulki deklaratsiya qilinishi kerak. Buni quyidan emas, yuqoridan boshlash kerak. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻpchilik notoʻgʻri tushundi.
Biz shunday qilmoqchimizki, deklaratsiyada davlat rahbaridan tortib hukumat rahbari, sudyalar, prokurorlar, hokimlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bosqichma-bosqich deklaratsiya tizimiga oʻtiladi. Bosqichma-bosqich deganda ham eng yuqoridan tortib pastga qarab ketadi. Eng pastdan yuqoriga emas.
Nega bosqichma-bosqich? Chunki tizim kerak. Pirovardida barcha davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalash tizimiga oʻtamiz va hech kim chetda qolib ketmaydi. Bunga ishontirib aytaman. Bosqichma-bosqich degani 10-20 yil degani emas. Uzogʻi besh yil", - dedi Akmal Burhonov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring