Prezident zamonaviy tibbiyot markazini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “M-Clinic” koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi.
Bu klinikani mamlakatimiz tibbiyotida yangi bosqich deyish mumkin. 202 million dollarlik loyiha evaziga 6 ta bino bunyod etilib, eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Tibbiy texnologiyalar Germaniyaning KBV GmbH & Co. KG kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan.
Muassasada kattalar uchun 95 ta va bolalar uchun 33 ta statsionar oʻrin, 1 ming 400 ta qatnovga moʻljallangan poliklinika tashkil etilgan. Ular yaqin oylarda ishga tushiriladi. Umuman, tibbiyot markazida 50 ta tor mutaxassislik boʻyicha xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.
Xususan, markazda kardiologiya, angiografiya, travmatologiya, neyroxirurgiya, ginekologiya va urologiya boʻyicha 5 ta jarrohlik xonasi boʻladi. Ularda yiliga 5 mingta yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Ilgʻor uskunalar kam kesish va tez reabilitatsiya qilish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari bu sharoitlar bilan sinchiklab tanishdi. Markazni muayyan yoʻnalishlar boʻyicha tayanch muassasaga aylantirish, bu yerdagi tajriba asosida shifokorlar malakasini oshirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
Majmuada bemorlarning yaqinlari uchun 120 oʻrinli mehmonxona ham barpo etilgan.
Xususiy tibbiyot rivojiga yaratilgan imkoniyatlar natijasida yurtimizda nodavlat shifo maskanlari soni 8 mingtadan oshgan. Ular shugʻillanishi mumkin boʻlgan tibbiy yoʻnalishlar 50 tadan 129 taga kengaytirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring