Prezident viloyatdagi dehqonchilik va chorvachilikka masʼullar bor imkoniyatning 50 foizidan ham foydalanmayotganini taʼkidladi

15:13 22 Sentyabr 2022 Siyosat
217 0

Foto: president.uz

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Agrar sohadagi muammolarga toʻxtalar ekan, nomzod poliz, kartoshka, meva va uzum hosildorligi qolgan hududlardan 1,5-2 baravar pastligi, saqlash va qayta ishlash quvvatlari kamligi natijasida 35 foiz mahsulot yoʻqotilayotganini qayd etdi.

Prezidentimiz viloyatdagi dehqonchilik va chorvachilikka masʼullar bor imkoniyatning 50 foizidan ham foydalanmayotgani, yer maydonlari katta boʻlsa ham, meva-sabzavot eksporti koʻpaymayotgani, goʻsht yetishtirish poytaxt va viloyat ehtiyojlari uchun umuman yetarli emasligini koʻrsatib oʻtdi.

Shu munosabat bilan:

— Ohangaron tumanining togʻ-oldi hududlarida kamida 50 ming gektar yerlarni oʻzlashtirish dasturini ishlab chiqish;

— 9 ming gektarni dehqon xoʻjaliklariga tarqatish;

— Toshkent, Parkent, Yangiyoʻl, Qibrayda logistika markazlarini ishga tushirib, ularga 50 million dollar yoʻnaltirish;

— Toshkent, Parkent va Qibray tumanlarida yil yakuniga qadar 4 million dona meva va tok koʻchatlari tayyorlaydigan pitomniklarni tashkil qilish topshirildi.

Umuman, aholi tomorqasidan yiliga 2-3-marta hosil olish yoʻlga qoʻyilmasa, qishloqlarda munosib hayot tashkil etish boʻyicha qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmasligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?