Prezident uzumchilar mahallasida mehmon boʻldi

21:52 28 Sentyabr 2021 Siyosat
410 0

Davlatimiz rahbari Qoʻshtepa tumanidagi Namuna mahallasida boʻlib, aholi hayoti bilan tanishdi.

Xalqimizning milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan biri – uzumchilik. Ayniqsa, Fargʻona vodiysida deyarli har bir koʻchada, xonadonda tok bor.

Namuna mahallasida ham shunday. Aksariyat oilalarning asosiy daromadi uzumchilikdan. Shuningdek, namunaliklar mebelsozlik, doʻppidoʻzlik, chevarlik, chorvachilik, asalarichilik va quyon boqish bilan shugʻullanadi. Mahallada uch mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerlik Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon boʻldi.

Oila boshligʻi usta dehqon. Turmush oʻrtogʻi Fotima aya tikuvchi. Ular katta farzandlarni uy-joyli qilgani, oʻz uyida ishlab, qoʻshimcha daromad topayotgani haqida soʻzladi. 15 sotix tomorqada 100 tup uzum va boshqa mevali daraxtlar ekilgan. Oʻtgan yili birgina uzumning oʻzidan 21 million soʻm daromad olingan.

Prezident kelgusida mahalla tizimiga yanada keng imkoniyatlar berilishi, bu joylardagi muammolarni manzilli hal etish va aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim omil boʻlishini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatiga tashrifini yakunlab, Andijonga joʻnab ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?