Prezident soliq tushumlari kam va hududiy dasturlar ijrosi qoniqarsizligini tanqid qildi

19:05 08 Aprel 2021 Siyosat
549 0

Prezident boshchiligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari soliq tushumlari kam, hududiy dasturlar ijrosi qoniqarli emasligini tanqid qildi.

Qayd etilishicha, oʻrtacha bitta kichik biznes subyektidan tushayotgan soliq tushumi Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryoda – 40 million soʻmni tashkil qilib, respublika koʻrsatkichidan 1,5 baravar kam.

Yoki davlat tomonidan berilgan har 1 milliard soʻm moliyaviy koʻmak hisobiga Buxoroda – 35 ta, Andijonda – 27 ta, Surxondaryoda – 23 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlsa, Navoiyda – bor-yoʻgʻi 15 ta.

Shuningdek, hududiy dasturlar doirasida 2 mingta loyihaga kredit toʻliq ajratilgan boʻlsada (2018-2020-yillarda 11 trillion soʻm), ular ishga tushmagan. Ularning asosiy qismi Namangan (309 ta), Surxondaryo (293 ta), Qashqadaryo (280 ta), Xorazmga (268 ta) toʻgʻri keladi.

Bu esa viloyat, tuman (shahar) rahbarlari joylarda kichik biznes vakillari bilan yetarli darajada muloqot qilmayotganidan dalolat berishi qayd etildi..

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?