Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi Matbuot xizmati
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.
Xalq taʼlimi vazirligi xabariga koʻra, imtihon kunlari va manzili quyidagicha:
Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5-avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00da Toshkent shahri, Botanika bogʻi va Paxtakor stadioni;
Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6- avgust kuni soat 8:00da Toshkent shahri, Botanika bogʻi va Paxtakor stadionida boʻlib oʻtadi.
Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
Imtihon joyi va boshqa zaruriy maʼlumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring