Ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-iyuldan boshlanadi

Illustrativ foto
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-iyuldan boshlanib, 6 kun davom etadi. Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.
Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da boʻlib oʻtadi.
Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.
Imtihon joyi va boshqa zaruriy maʼlumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha:
– matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;
– matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;
– biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;
– biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yoʻnalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yoʻnalishi.
Test savollari maktab darsliklari boʻyicha tuzilgan. Imtihonda oʻquvchining asosan mantiqiy fikrlash qobiliyatlari tekshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, ayni kunlarda Prezident va ijod maktablariga kirish imtihonlari boʻlib oʻtmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring