Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga joʻnab ketdi

15:02 05 Dekabr 2021 Siyosat
593 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga joʻnab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan koʻplab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?