Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib borayotganiga eʼtibor qaratdi

12:13 03 May 2024 Siyosat
242 0

Prezidentimiz bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar oʻtkir tus olayotganiga eʼtibor qaratdi. Bunday murakkab sharoitda bamaslahat, oʻzaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlansa, koʻzlangan yuksak marralarga albatta erishilishi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonimning kengash faoliyatidagi alohida oʻrnini qayd etdi.

Ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan Investitsiyalar va Maxsus erkin zonalar toʻgʻrisidagi qonun loyihalari mamlakatimizda qulay investitsiya va biznes muhitini takomillashtirishda ulkan qadam boʻladi.

Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti jamoasi tomonidan boshlanayotgan investitsiya siyosati tahlili mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasida asosiy yoʻnalishlarni belgilab olishga va samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?