Prezident savdo majmuasidagi narxlar va xizmatlarni koʻzdan kechirdi

17:32 24 Fevral 2023 Siyosat
1163 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarga chiqqanda xalq ichiga kirib, aholi turmush darajasini yaqindan oʻrganadi. Turmush darajasi esa, avvalo, ichki bozordagi mahsulotlarda, narx-navoda namoyon boʻladi.

Yangi yil arafasida Qarshi shahrida koʻp qavatli savdo majmuasi ishga tushgan edi. Unda oziq-ovqat, maishiy texnika, xoʻjalik mollari doʻkonlari va koʻngilochar maskanlar joylashgan.

Bugun Prezidentimiz ushbu majmuaga tashrif buyurib, oziq-ovqat va maishiy texnika doʻkonlarini kirib koʻrdi. Mahsulotlarning sifati va narxlariga eʼtibor qaratdi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini yuqori baholadi.

Xaridorlar bilan suhbatda davlatimiz rahbari oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va xizmatlar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?