Prezident Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi

11:55 17 Avgust 2022 Siyosat
512 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi Oʻzbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?