Prezident sayloviga doir saylov byulleteni shakli tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlis kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli, matni va tavsifini tasdiqlash, ayrim saylov uchastkalarida saylov jarayonini videotranslyatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash, saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish, saylovga tayyorgarlik koʻrish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar hamda boshqa masalalar oʻrin oldi.
Dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli, matni hamda tavsifi tasdiqlandi. Belgilanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov byulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi tartibida kiritiladi.
Shuningdek, majlisda ayrim saylov uchastkalarida saylov jarayonini videotranslyatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Unga koʻra, saylov kuni ovoz berish jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) videotranslyatsiya qilish maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlari hududida joylashgan ikkitagacha saylov uchastkalarida videokamera hamda boshqa zarur qurilmalar oʻrnatish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Taʼkidlash joiz, biometrik identifikatsiya qilish deganda, saylovchining shaxsini hamda mazkur saylov uchastkasining saylovchilari roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligini maxsus qurilmalar orqali Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalangan holda tekshirish va tasdiqlash jarayoni tushuniladi.
Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida saylovni oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining tavsiyasiga asosan, poytaxtimizning tumanlari hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilmoqda. Majlisda tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi va qaror qabul qilindi.
Majlisda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish davrida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi axborot tinglandi va Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati va aʼzolari tomonidan muhokama etildi.
Bundan tashqari, muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida MSKning qarori bilan YEXHT DIIHB, MDH kabi kuzatuvchi missiyalarning 43 nafar vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Shuningdek, majlisda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi. Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 25 ta ommaviy axborot vositasining 124 nafar vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shu bilan ayni kunga qadar akkreditatsiyadan oʻtgan OAV vakillarining soni 353 nafarni tashkil etmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, majlis davomida muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan 2-Andijon, 3-Buxoro hamda 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyalari raislarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlari tinglandi.
Rahim ShERQULOV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring