Prezident saylovi ilk bor Saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtadi — Zayniddin Nizamxojayev

11:48 23 Iyul 2021 Jamiyat
474 0

Oʻzbekistonda Prezident saylovi ilk bora Saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxojayev aytib oʻtdi.

«Prezident saylovi ilk bor Oʻzbekiston Respublikasining saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtadi», deb taʼkidladi Nizamxojayev.

Uning qayd etishicha, 8-fevral va 31-may kunlari qabul qilingan Saylov kodeksi va boshqa qonunlardagi saylovga oid normalar takomillashtirilgan.

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda yirik siyosiy jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berilgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?