Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi

10:46 12 Fevral 2024 Siyosat
220 0

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

Sohada soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida dehqon-fermerlarning manfaati, daromadi oshib, mahsulot koʻpaydi, klaster tizimi rivojlanib, yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib keldi, yangi navlar va agrotexnologiya koʻpaymoqda.

Jumladan, oʻtgan yili sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga oʻsib, 426 trillion soʻmni tashkil qildi. Eksport esa qariyb 2 milliard dollarga yetdi. 152 ming gektar bogʻ va tokzorlar barpo qilindi.

2023-yil ilk bor 3 million 700 ming tonna paxta, 8 million tonna gʻalla hosili olindi. Bunday raqamlar yaqin tariximizda hech qachon boʻlmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?