Prezident Quvasoy shahridagi “Art soft ceramics” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi “Art soft ceramics” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Oʻtgan yil dekabrda ish boshlagan korxona yiliga qariyb 3 million kvadrat metr keramogranit mahsulotlar tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda 350 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.
Mahalliylashtirish darajasi 100 foiz boʻlgani bois tovarlar xorijnikidan ancha arzon narxlarda bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 35 foizi Rossiya, Qirgʻiziston va Tojikistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari korxonada va umuman Quvasoy shahrida eksport koʻrsatkichlarini oshirish muhimligini taʼkidladi. Buning uchun chet eldagi sanoat zonalari bilan hamkorlik oʻrnatish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring