Prezident quruvchilarning yashash joyini borib koʻrdi

15:30 29 Iyul 2021 Siyosat
463 0

Davlatimiz rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi quruvchilari uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Korxona yaqinida 3 ming kishiga moʻljallangan yotoq majmuasi barpo etilgan. Ishchilarning yashashi, dam olishi, sport bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Prezident bu yerda yotoq oʻrinlarini koʻpaytirish, bunday ixcham, shinam majmualarni boshqa zavodlarda ham tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?