Prezident Qarshi tumanidagi maktabda bo‘ldi

17:52 24 Oktyabr 2023 Siyosat
189 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev safar dasturida nazarda tutilmagan manzillar bilan tanishishda davom etmoqda. Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktab ham rejalashtirilmagan holda borib ko‘rildi.

Bu yerda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘qimoqda. Ularga yuzdan oshiq malakali pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktab o‘tgan yili kapital ta’mirlangan. O‘quvchilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Kompyuter savodxonligi, tikuvchilik, duradgorlik kabi to‘garaklar bor.

Davlatimiz rahbari sinfxonalarni kirib ko‘rdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi.

Ayni kunlarda yurtimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ko‘chat ekish avjida. Prezidentimiz maktab misolida shu boradagi ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga ijtimoiy muassasalarni issiqlik bilan ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘z navbatida, maktablarning qurilish standartlarini zamonaviylashtirish, bunda infratuzilma bilan ta’minlanganlik, funksionallik va energiya samaradorligi bilan bog‘liq barcha mezonlarni nazarda tutish zarurligi ta’kidlandi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida maktablar atrofida ko‘chat ekish ishlariga ham e’tibor qaratildi.

– Maktab bor joyda madaniyat bo‘ladi. Pedagoglar boshqalarga har jihatdan o‘rnak. Maktab atrofi obod bo‘lib, mavsumiy gullar yashnab tursa, yoshlarga ham tarbiya, ham da’vat bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер