Prezident: “Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmacligini Konstitutsiya darajasida belgilab qoʻysak, oʻylaymanki, adolatdan boʻladi”

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etmoqda. Unda Prezidentimiz bir qator muhim va hayotiy takliflarni ilgari surmoqda.
“Biz taʼlim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirishga ustuvor eʼtibor berib kelmoqdamiz.
Chunki, bugungi shiddatli raqobat zamonida faqat bilimli, maʼrifatli millat va davlat munosib taraqqiyotga erisha oladi.
Ulugʻ ajdodlarimizning yangi barkamol avlodini tarbiyalab voyaga yetkazmoqchi ekanmiz, buning uchun bogʻcha, maktab, oliy taʼlim va ilm-fan sohalarini ustuvor taraqqiy ettirishni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyishimiz shart.
Bosh qomusimizda davlat maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy taʼlim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi bilan bogʻliq normalar ham boʻlishi lozim.
Ustozga boʻlgan yuksak ehtirom Konstitutsiyamizda oʻz ifodasini topishi zarur.
Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmacligini Konstitutsiya darajasida belgilab qoʻysak, oʻylaymanki, adolatdan boʻladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring