Prezident oliy taʼlim tizimi rahbarlari oldiga 4 ta ustuvor vazifa qoʻydi

18:28 16 Iyun 2021 Jamiyat
628 0

Oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektorda davlat rahbari oliy taʼlim tizimidagi rahbarlarga barcha kuch va resurslarini 4 ta ustuvor vazifaga qaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi:

1️⃣ Oliygohlar boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.

2️⃣ Taʼlim berish jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash va talabaning oʻz ustida ishlashi uchun muhit hamda sharoitni yaratish. Oliygohlar talabani oʻqishga qabul qilishdan avval ularni qayerga ishga yuborishini, buning uchun ish beruvchilar bilan 10 yillik shartnomaga ega boʻlishlari kerak.

3️⃣Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.

4️⃣Professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun qogʻozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?