Prezident Nukusdagi texnoparkni koʻzdan kechirdi

21:42 30 Mart 2023 Siyosat
992 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib koʻrdi.

Bu majmua yoshlarning iqtidor va koʻnikmalarini shakllantirish, yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan. Xususan, kompyuter savodxonligi, grafik dizayn, robototexnika, 3D modellashtirish, akseleratsiya kabi 9 ta yoʻnalishda yiliga 1 ming 500 yigit-qiz tahsil olishi mumkin. Buning uchun zamonaviy texnika, laboratoriya va ustaxona uskunalari oʻrnatilgan.

Hozirgi kunda oʻquv kurslari bitiruvchilarining gʻoyalari startap shakliga keltirilib, “Boʻlajak olim”, “Technoways”, “Start4 Region” kabi tanlovlarga 50 ga yaqin loyiha topshirilgan. Shuningdek, “Orol dengizining qurgʻoqchil hududida urugʻchilik plantatsiyasini tashkil etish” mavzusida umumiy qiymati 955 million soʻmlik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu dengizning qurigan tubidagi yerlardan foydalanish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, ushbu texnopark yoshlarning intilish va gʻoyalarini takomilga yetkazguncha yordam beradi.

Davlatimiz rahbariga yosh fermer va olimlarning quritilgan organik pomidor, oqova suvlarni tozalash va baliqlarga ozuqabop oʻsimlik loyihalari haqida maʼlumot berildi. Yashil texnologiyalarga asoslangan bu loyihalar Yevropa davlatlarining sertifikatlariga sazovor boʻlgan.

Prezidentimiz bu loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, amaliyotga kengroq joriy etish kerakligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер