Prezident maslahatchisi IKA vitse-prezidenti etib saylandi
Kecha Termiz shahrida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni IKA prezidenti Xayder Farman olib bordi. Unda Osiyo, Afrika, Yevropa hamda Panamerika konfederatsiyalari vitse-prezidentlari, shuningdek IKA Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ishtirok etishdi.
Ijroqoʻm aʼzolari Kurashni jahon miqyosida rivojlantirishning muhim masalalari, shu bilan birga kurashni turli qitʼa va mintaqaviy oʻyinlar dasturiga kiritilishini muhokama qilishdi.
Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari Kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirishda IKA faoliyatiga har tomonlama yordam bergani uchun shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va IKAning Faxriy Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Buning isboti sifatida 2020-yil noyabr oyida Kurashni jahon miqyosida rivojlantirish boʻyicha Prezident qarori qabul qilinganligi eʼtirof etildi.
Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari kurashning Vatani boʻlgan mamlakat — Oʻzbekiston bilan oʻzaro aloqada boʻlish uchun yangi IKA vitse-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilishdi.
IKA prezidenti Xaydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash aʼzolari ushbu taklifni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladilar.
Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining Ijroqoʻm yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining oʻrinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ham ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring